Rasmiy malumot
RTTYoM Qoraqalpog‘iston filiali, To‘rtkul tumani “Turkiston” MFY Istiqlol ko‘chasi
51-uyda yashovchi fuqaro Kamildjanov Xudoyor G‘ulom o‘g‘lining 2024-yil 30-may kunidagi YouTube ijtimoiy tarmog’idagi “Xalq bilsin” kanaliga yo‘llagan video murojaati bo‘yicha o‘rganilib quyidagilarni ma’lum etib bildiramiz:
Murojaat egasi X.Kamildjanov RTTYoM Qoraqalpog’iston filiali To’rtkul bo’limida tez tibbiy yordam brigadasida, davlat raqami |95|961|FPA| bo’lgan Volkswagen Caddy-5 Ambulance rusumli avtomashina haydovchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
RTTYoM Qoraqalpog’iston filiali va Qoraqalpog’iston Respublikasi iqtisodiy tahlil qilish va me’yorlashtirish markazi bilan “RTTYoM Qoraqalpog’iston filiali maxsus yengil avtomobillarning 2023-yil 1-yanvardan amalda bo’lgan tegishli yonilg’i sarfi” ishlab chiqilgan vaqtincha meyorlari jadvali asosida Volkswagen Caddy-5 Ambulance rusumli avtomashinalari 100 killometrga 10,8 litr mug’dorda benzin sarflashi belgilangan.
RTTYoM Xorazm viloyat filiali va Oziq-ovqat qishloq xo’jaligi soxasida strategic rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro Markazi Xorazm viloyat hududiy bo’limi bilan “RTTYoM Xorazm filiali tez tibbiy yordam avtotransportlari uchun vaqtinchalik(3 yilgacha) yonilg’i sarfi meyorlari tog’risidagi ma`lumotnoma asosida Volkswagen Caddy-5 Ambulance rusumli avtomashinalari 100 killometrga 10,5 litr mug’dorda benzin sarflashi belgilangan.
Avtomobil shinalari yurishining vaqtinchalik foydalanish normalariga asosan Volkswagen Caddy-5 Ambulance rusumli avtomobillarga o’rnatilgan 205/70R16 rusumli shinalari 58,000 kilometrda almashtirilishi belgilangan. Haydovchi X.Kamildjanovning boshqarayotgan |95|961|FPA| Volkswagen Caddy-5 Ambulance rusumli avtomashinasi bugungi kungacha 32,000 kilometr yurganligiga aniqliq kirtilgan. RTTYoM Qoraqalpog’iston filiali xodimlari tomonidan avtotransportga benzin berish va avtoshinalarni almashtirish belgilangan me’yoriy tartib bilan olib borilayotganligini bildiramiz.
RTTYoM Qoraqalpog’iston filiali mas`ul xodimlari tomonidan murojaatnu o’rganish davomida filial tamonidan Etender.uzex.uz platformasida tez tibbiy yordam avtotransportlariga yangi avtoshinalar xarid qilish uchun eng yaxshi tanlovga qo’yilgan 2024-yil 20-may “Avto MIR ROAD” MCHJ tarafidan yutib olingan va №22/05 23.05.2024-yili shartoma tuzilgan. Shartnoma summasining 30% 24.05.2024-yil to’lov hujjati Nukus shahar g’aznachiligiga yuborilgan. To’lov hujjat raqami 1216, shartoma summasi 93,372,996,64 30% oldindan to’langandan so’ng shartnomada ko’rsatilgan ehtiyot qismlarini va avtoshinalarini yetkazib beradi. Qolgan 70% hisob fakturasi asosida o’tkazib beriladiganligi aniqlandi.
RTTYoM QQ filiali xodimlari tomonidan murojaat egasi bilan suhbatlashish va tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida, fuqaro X.Kamildjanov o’z bildirgi xatida ma`sul xodimlariga e’tirozi va davo arizasi yo’qligi, berilgan javobdan qoniqqanligi haqida yozib berganligini ma’lum qilamiz.
RTTYoM Qoraqalpog’iston filiali
















