Aloqa kanallari
Telefon+998 (61) 226-00-48Murojaat boti@anticorqr_botElektron pochtaanticorqrdsm@gmail.comTelegram kanalt.me/antikor_qrManzilNukus sh., I.Karimov ko‘chasi, 152-uy
Murojaatda nimalarni ko‘rsatish kerak
Muassasa
Holat yuz bergan muassasa nomi va manzili
Sana va vaqt
Holat qachon yuz bergani
Xodim
Ism-familiyasi yoki lavozimi (ma’lum bo‘lsa)
Tafsilotlar va dalillar
Nima sodir bo‘lgani; foto, audio, video, hujjat yoki guvohlar
Murojaatchi himoyasi
Maxfiylik
Murojaatchining shaxsiga oid ma’lumotlar sir saqlanadi
Ta’qibdan himoya
Xabar bergan shaxsni ta’qib qilish va unga tazyiq o‘tkazish taqiqlanadi
Anonimlik
Ismingizni ko‘rsatmasdan ham anonim murojaat yuborishingiz mumkin
Anonim murojaat yuborish
Ismingizni ko‘rsatishni istamasangiz, Telegram bot orqali anonim murojaat yuborishingiz mumkin. Anonim murojaatlar ham ro‘yxatga olinadi va o‘rganib chiqiladi.
1
Botni oching
Telegram’da @anticorqr_bot botini oching
2
“Start” tugmasini bosing
Bot ishga tushadi va murojaat qabul qilishga tayyor bo‘ladi
3
Holatni yozing va yuboring
Mavjud bo‘lsa fotosurat, video yoki hujjat biriktiring
Anonim murojaatda siz bilan bog‘lanib, qo‘shimcha ma’lumot so‘rash imkoni bo‘lmaydi. Shu sababli holatni imkon qadar aniq yozing: muassasa, sana, xodim va dalillar.
Murojaat qanday ko‘rib chiqiladi
1
Ro‘yxatga olish
Kelib tushgan har bir murojaat ro‘yxatga olinadi
2
O‘rganish
Murojaat o‘rganib chiqiladi, zarur hollarda xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi
3
Choralar
Korrupsiya alomatlari tasdiqlansa, materiallar qonunchilikka muvofiq vakolatli organlarga yuboriladi
4
Javob
Aloqa ma’lumotlarini qoldirgan murojaatchiga natija haqida qonunda belgilangan muddatda javob beriladi
Eslatma. Bila turib yolg‘on xabar berish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Hoziroq xabar bering
Telegram bot orqali murojaat yuborish eng tezkor usul.
















