Manfaatlar to‘qnashuvi turlari
Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi
Qarama-qarshilik amalda yuzaga kelgan holat
Ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi
Qarama-qarshilik kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holat
Hayotiy misollar
Qarindoshni ishga olish
Rahbar qarindoshini o‘ziga bevosita bo‘ysunadigan lavozimga qabul qiladi
Xarid komissiyasi
Komissiya a’zosi o‘ziga yoki qarindoshiga tegishli korxona qatnashgan tanlovda ishtirok etadi
Bemorni yo‘naltirish
Shifokor bemorlarni o‘zi manfaatdor bo‘lgan xususiy klinikaga yo‘naltiradi
Tekshiruv va attestatsiya
Xodim qarindoshiga nisbatan tekshiruv yoki attestatsiyada qaror qabul qiladi
Xodimning majburiyatlari
1
Deklaratsiya topshirish
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, jumladan ishga qabul qilinishda va boshqa ishga o‘tkazilganda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyasini taqdim etish
2
Darhol xabar berish
Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganini bilgan zahoti rahbarga va komplayens xizmatiga yozma xabar berish
3
Qaror qabul qilishdan o‘zini chetlatish
Manfaatlar to‘qnashuvi bartaraf etilgunga qadar tegishli masala bo‘yicha qarorda ishtirok etmaslik
Tartibga solish choralari
- xodimni qaror qabul qilish jarayonidan chetlashtirish;
- vakolatlarni boshqa xodimlar o‘rtasida qayta taqsimlash;
- manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelmaydigan boshqa rahbar bo‘ysunuviga yoki boshqa lavozimga o‘tkazish;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralar.
Javobgarlik. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi haqida xabar bermaslik va qonunchilik talablarini bajarmaslik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1934-moddasiga muvofiq javobgarlik belgilangan.
Huquqiy asos
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun2024-yil 5-iyun · O‘RQ-931-sonlex.uz →
Manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berish
















