9 oylik hisobot
2026-yil 9 oyida amalga oshirilgan ishlar

Sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha 2026-yil yanvar–sentyabr oylarida tibbiyot muassasalarida monitoring va xizmat tekshiruvlari o‘tkazildi. Quyida ularning umumlashtirilgan natijalari keltirilgan.

Asosiy ko‘rsatkichlar (yanvar–sentyabr)
31ta
o‘tkazilgan tekshiruv (monitoring)
16ta
intizomiy chora ko‘rilgan holat (745,5 mln so‘m)
1ta
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkazilgan tekshiruv (21,01 mln so‘m)
0ta
kelib tushgan murojaat
Aniqlangan kamchiliklar turlari bo‘yicha
Buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha
1 485 ta · 12 442,8 mln so‘m
Maqsadsiz sarflangan mablag‘lar bo‘yicha
783 ta · 1 486,9 mln so‘m
O‘zlashtirish va talon-taroj qilish bo‘yicha
1 210 ta · 93,9 mln so‘m
Ko‘rilgan choralar
16 ta holatda intizomiy chora
Taqdimnoma kiritilib, muassasalar tomonidan intizomiy choralar ko‘rildi. Ushbu holatlar bo‘yicha kamchiliklar summasi — 745,5 mln so‘m
1 ta tekshiruv huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
Tekshiruv materiallari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkazildi. Kamchiliklar summasi — 21,01 mln so‘m
Batafsil natijalar
Ko‘rsatkich Soni Summasi (mln so‘m)
O‘tkazilgan tekshiruvlar (monitoring) 31 —
Kamchiliklar: o‘zlashtirish va talon-taroj qilish bo‘yicha 1 210 93,9
Kamchiliklar: buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha 1 485 12 442,8
Kamchiliklar: maqsadsiz sarflangan mablag‘lar bo‘yicha 783 1 486,9
Kelib tushgan murojaatlar 0 —
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkazilgan tekshiruvlar 1 21,01
   shundan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan 0 0
Taqdimnoma kiritilib, intizomiy chora ko‘rilgan holatlar 16 745,5

Manba: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 9 oylik hisoboti. Ma’lumotlar umumlashtirilgan holda keltirilgan.

Tekshiruvlar qanday o‘tkaziladi
1
Rejalashtirish
Tekshiruvlar tasdiqlangan ish rejasi asosida yoki murojaat va xabarlar bo‘yicha belgilanadi
2
O‘rganish
Muassasaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, buxgalteriya hisobi, xaridlar va mablag‘lardan foydalanish o‘rganiladi
3
Xulosa
Aniqlangan kamchiliklar dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va bartaraf etish choralari belgilanadi
4
Choralar
Taqdimnoma kiritiladi, intizomiy choralar ko‘riladi, korrupsiya alomatlari bo‘lsa materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi
Qoidabuzarlik haqida xabar bering