Shifokor bemor bilan suhbatlashmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

Respublikada sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

17tuman va shahar tibbiyot birlashmasi
9:00–18:00ish vaqti, dushanbadan jumagacha
Seshanbaqabul kuni, 15:00–17:00

Vazirlik maqomi

Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ishini davlat boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda olib boradi.

  • Hududiy bo‘g‘inSog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tizimidagi hududiy bo‘g‘in hisoblanadi.
  • Bo‘ysunishiO‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga bo‘ysunadi.
  • VakolatiTasarrufidagi sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
  • Huquqiy asosFaoliyati Prezidentning 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hujjat bilan belgilangan.
Hujjatlar ustidagi stetoskop

Asosiy vazifalari

Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.

Sifatli tibbiy xizmat

Aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, yagona davlat siyosatini amalga oshirish.

Tahlil va prognoz

Demografik o‘zgarishlarni prognozlash, aholi salomatligi va kasallanish holatini kompleks tahlil qilish.

Profilaktika

Kasalliklarning oldini olish, patronaj xizmati, sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish.

Ona va bola salomatligi

Onalik va bolalikni muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, sog‘lom avlodni tarbiyalash.

Shoshilinch yordam

Boshqaruvning barcha darajalarida shoshilinch tibbiy yordam tizimini tashkil qilish va mustahkamlash.

Yordamni yaqinlashtirish

Teletibbiyot, tibbiy standartlar va protokollarni qo‘llab, birlamchi va ixtisoslashtirilgan yordam sifatini oshirish.

Tibbiy kadrlar

Mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash ustidan uslubiy rahbarlikni ta’minlash.

Tibbiyot fani

Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, fan yutuqlari va ilg‘or tajribani amaliyotga joriy etish.

Faoliyatdan lavhalar

Vazirlik tomonidan o‘tkazilgan tadbirlardan suratlar.

Favqulodda vaziyatlarda epidemiyaga qarshi tayyorgarlik sinovi
Favqulodda vaziyatlarda epidemiyaga qarshi tayyorgarlik sinovi
Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasidagi press-tur
Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasidagi press-tur
Tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi sport musobaqasi
Tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi sport musobaqasi

Tuman va shahar tibbiyot birlashmalari

Birlashma haqida ma’lumot olish uchun hududni tanlang.

Respublika tibbiyot muassasalari

Vazirlik tasarrufidagi 28 ta respublika tibbiyot muassasasi. Muassasalarning STIR raqamlari bilan to‘liq ro‘yxati: Tizim tashkilotlari reyestri.

  1. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali
  2. Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filiali
  3. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali
  4. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filiali
  5. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali
  6. Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali
  7. Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali
  8. Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali
  9. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Qoraqalpog‘iston filiali
  10. O.Xalmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi
  11. Qoraqalpog‘iston Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi
  12. S.Sultanov nomidagi Respublika ftiziatriya va pulmonologiya markazi
  13. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali
  14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Odam immunitet tanqisligi sindromiga qarshi kurash markazi
  15. 1-son Respublika ruhiy-asab kasalliklari dispanseri
  16. 2-son Respublika ruhiy va asab kasalliklari dispanseri
  17. Respublika o‘smirlar dispanseri
  18. Respublika bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi
  19. Ellikqal’a tumani 1-sonli Respublika tumanlararo ftiziatriya shifoxonasi
  20. 2-sonli Respublika ftiziatriya shifoxonasi
  21. Chimboy tumani 3-sonli Respublika tumanlararo ftiziatriya shifoxonasi
  22. Qo‘ng‘irot tumani 4-sonli Respublika tumanlararo ftiziatriya shifoxonasi
  23. Respublika bolalar ftiziatriya sanatoriyasi
  24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi
  25. Qoraqalpog‘iston Respublikasi qon quyish stansiyasi
  26. Respublika patologik anatomiya byurosi
  27. Qoraqalpog‘iston Respublikasi leprozoriyasi
  28. Respublika bolalar stomatologiya poliklinikasi

Bog‘lanish

ManzilNukus shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 152-uy
Faks+998 (61) 226-00-58
Elektron pochtainfo.mz.rk@ssv.uz
Ish vaqtiDushanba–Juma, 9:00–18:00
Qabul kuniSeshanba, 15:00–17:00