2026-yil 2-7-noyabr kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi Giyohvandlik va narkojinoyatçilikdan aholining salomatligini muhofaza qilişga qaratilgan PP-207-sonli Farmonining ijrosi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasida örganiş işlari olib borilişi rejalaştirilgan.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Giyohvandlik va zaharli moddalarni nazorat qiliş agentligi vakillari Respublika ixtisoslaştirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi filialiga taşrif buyurib, giyohvandlikning oldini oliş, narkologik yordamni taşkil etiş va profilaktika işlarini kuçaytiriş borasidagi işlar bilan tanişdi.

Şuningdek, Kegeyli va Xöjayli tuman tibbiyot birlaşmalaridagi narkologiya xonalari va mast holatdagi şaxslarga tibbiy yordam körsatiş böyiça tumanlararo punkt faoliyati örganildi.

Örganişlar davomida Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş çoralariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu çora-tadbirlar giyohvandlikning oldini oliş, narkologik xizmat sifatini oşiriş va aholi salomatligini muhofaza qilişga xizmat qiladi.