Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot xodimlari o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etish orqali ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ommaviy sportga keng jalb qilish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bolalar tibbiy reabilitatsiya markazida tibbiyot xodimlari (ayollar va erkaklar) o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish maqsadida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, mini-futbol turlari bo‘yicha «Vazir va Kasaba uyushmasi raisi kubogi – 2026»: Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Bayrambay Alimbetov, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Zamira Paluaniyazova, Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i Gulayim Shrazova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining ommaviy sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Ikram Xudayarovlar so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Sport musobaqalari yakunida:

Sportning «Shashka» turi bo‘yicha (Ayollar o‘rtasida):

I o‘rin N.Uzoqboyeva Qonliko‘l tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi,

II o‘rin K.Ametova Taxiatosh tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi,

III o‘rin Mo‘ynoq tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi I.Abullayeva,

 

Sportning «Shashka» turi bo‘yicha (Erkaklar o‘rtasida):

I o‘rin Sh.Abduraxmanov Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi shifokori,

II o‘rin R.Jamuratov Qorao‘zak tumani tibbiyot birlashmasi shifokori,

III o‘rin R.Toreev Qonliko‘l tumani tibbiyot birlashmasi feldsheri

 

Sportning «Shaxmat» turi bo‘yicha (Ayollar o‘rtasida):

I o‘rin M.Davletbayeva Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi,

II o‘rin G.Kadirimbetova Kegeyli tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi,

III o‘rin S.Kadirimbetova Nukus shahar tibbiyot birlashmasi hamshirasi,

 

Sportning «Shaxmat» turi bo‘yicha (Erkaklar o‘rtasida):

I o‘rin J.Erimbetov Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filiali shifokori,

II o‘rin X.Durdiev Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasi shifokori,

III o‘rin P.Xodjaxmetov Nukus shahar tibbiyot birlashmasi laboranti,

 

Sportning «Stol tennisi» turi bo‘yicha (Ayollar o‘rtasida):

I o‘rin S.Urazbayeva Taxiatosh tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi,

II o‘rin L.Aliyeva Nukus shahar tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi mutaxassisi,

III o‘rin D.Kuatova Qonliko‘l tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi,

 

Sportning «Stol tennisi» turi bo‘yicha (Erkaklar o‘rtasida):

I o‘rin A.Yo‘ldoshev Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi hisobchisi,

II o‘rin S.Eshonov Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasi shifokori,

III o‘rin I.Ametov Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filiali hisobchisi,

 

Sportning «Futbol» turi bo‘yicha (Erkaklar o‘rtasida):

I o‘rin O‘zbekiston shifokorlar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi,

II o‘rin Chimboy tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi,

III o‘rin Nukus shahar tibbiyot birlashmasi,

 

Sportning «Futbol» turi bo‘yicha (ayollar o‘rtasida):

I o‘rin Qorao‘zak tumani tibbiyot birlashmasi,

II o‘rin Shumanay tumani tibbiyot birlashmasi,

III o‘rinni Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasi jamoalari egalladi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan tegishli darajadagi diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Kubok musobaqasining har bir sport turi bo‘yicha g‘oliblari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan final bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.