Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tibbiyot tizimi xodimlari örtasida taşkil etilgan «Tibbiyot fidoyisi» respublika tanlovi yakunlandi.
Tanlov natijalariga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasining bir qator tibbiyot muassasalari va soha vakillari ğoliblar qatoriga kirdi. Quyidagilar tanlov ğolibi deb topildi:
🔹 «Eng yaxşi tuman (şahar) soğliqni saqlaş organi rahbari» – Qonliköl tumani tibbiyot birlaşmasi.
🔹 «Eng yaxşi oilaviy poliklinika rahbari» – Taxiatoş tumani tibbiyot birlaşmasi köp tarmoqli markaziy poliklinikasi.
🔹 «Eng yaxşi tuman (şahar) şifokori» – Urazbayeva Dilbar, Taxiatoş tumani köp tarmoqli markaziy poliklinikasi.
🔹 «Eng yaxşi tuman (şahar) örta tibbiyot xodimi» – Tatikova Jannet, Taxiatoş tumani köp tarmoqli markaziy poliklinikasi.
🔹 «Eng yaxşi oilaviy poliklinika» – Taxiatoş tumani tibbiyot birlaşmasi köp tarmoqli markaziy poliklinikasi.
🔹 «Eng yaxşi tuman (şahar) şifoxonasi» – Qonliköl tumani tibbiyot birlaşmasi.
🔹 «Eng yaxşi hududiy şifoxona» – Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali.
Uşbu mukofot tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnati, kasbiy mahorati va aholi salomatligini muhofaza qiliş yölidagi sa’y-harakatlariga berilgan munosib bahodir. Barça ğoliblarni Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi jamoasi nomidan tabriklaymiz va mustahkam soğlik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
















