Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasiga Buxoro viloyati hokimligi tomonidan yangi Damas rusumli avtomashina taqdim etildi.

Ushbu amaliy ko‘mak tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tibbiy xizmatlarni samarali tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi jamoasi nomidan ushbu ezgu tashabbus va ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun Buxoro viloyati hokimligiga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!

Inson salomatligini asrash va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi hamkorlik, e’tibor va qo‘llab-quvvatlov uchun tashakkur!

Ezgu ishlaringiz bardavom, hamkorligimiz yanada mustahkam bo‘lsin!