


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bosh mutaxassisi R.Nurimbetov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari tomonidan sohada korrupsiya holatlarini aniqlash maqsadida anonim so‘rovnomalar ham to‘ldirildi. Maqsad sohada korrupsiya holatlarini bartaraf etish va oldini olishga qaratilgan.



O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.
















