Mo‘ynoq tumanida o‘tkazilayotgan «Sog‘lom turmush sari!» Salomatlik marafoni davom etmoqda. Kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ushbu aksiya 30 oktyabrga qadar davom etadi.
✅Marafon doirasida «Salomatlik maydonlari» ham tashkil etilib, bu manzillarda sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib qilishga oid har xil aksiyalar tashkil etilgan. Shuningdek, bu joylarda fuqarolarning qon bosimi, tana vazni, bo‘yi o‘lchanib tibbiy tushunchalar berilmoqda.
O‘z sog‘lig‘ingizga e’tiborsiz bo‘lmang! Sog‘lom turmush sari dadil qadam tashlang! Marafonda qatnashing!
















