Ma’lumot uchun: |
RTTYoM Qoraqalpog’iston filiali, Sizga quyidagilarni ma’lum qiladi, sababi Amudaryo tumani Alisher Navoiy MFY Shifokorlar ko’chasi 25-uyda yashovchi fuqaro Madraximov Kamiljon Urazbaevichning 2024-yil 09-iyun kunidagi Qoraqolpog’iston Respublikasi prokurori A.Tajievga “Amudaryo tumanidagi tez tibbiy yordam haydovchlari davlat avtomashinalarini ayrim haydovchlar o’z hisobidan tamirlab kelishmoqda degan gumonim bor, mana shu avtomashina motori remonti usta xaqqi, mening fikrimcha 900 ming so’m, motorist ish haqqi olgan degan fikirdaman. Yana qolaversa mashina kolen valini tokerlik xizmatlari uchun, yana alohida pul to’lagan bo’lsa kerak. Bunga sababchi 103 avtobaza kolonna raxbarlari. Aslida nukusdagi avtobazada 10 dan oshiq slesar mavjud bo’la turub nima uchun bular xususiy mashina tamirlash ustaxonalariga boradi. Yana qolaversa bu mashinaga yol varaqasiyam yozib qoyibdi, huddi bu mashina ishda yurubdi, degan gumonim bor. Sababi men 2017 yilda ishlagan davrimda men ham o’z hisobimdan mashinani tamirlatib, avtokolonna boshlig’i bilan aytishganim sababli menga tuhmat qilib ishdan boshatishgan edi? Bu fuqoraning yo’llagan murojaati bo’yicha o’rganilib quyidagilarni ma’lum etib bildiramiz: RTTYoM Qoraqalpog’iston filiali Amudaryo bo’limining 95 829 TAA Damas rusumli avtomashinasi 2024-yil 11-may kuni ishga yaroqsiz holda kelganligi sababli, ushbu avtomashinaga biriktirilgan haydovchilar (Ibadullaev Otobek, Xabibullaev Bekzad, Do’schanov Umirboy) tomonidan, filial omborxonasidan olingan ehtiyot qismlarni ustaxonada avtomashinaga o’zlari (haydovchilar) o’rnatganligi, ustaxonadan kerakli asbob-uskuna olib foydalanganligi va usta haqqini to’lamaganligi haqqida haydovchilarning bildirgi xatida yozib berganligini bildiramiz. Amudaryo bo’limi avtokolonna boshlig’i S.Ibodullaevning 2024-yil may oyi uchun bergan ish haqi tabeliga asos 95 829 TAA Damas rusumli avtomashinasi 2024-yil 11-may ku’ni “TO” (tex ko’rik) ga qo’yilgan va avtomashinani tuzatishga qo’ygan kunlari biriktirilgan haydovchilarga ish haqi to’lanmaganligini ma’lum qilamiz. RTTYoM Qoraqalpog’iston filiali xodimlari tomonidan murojaat egasi bilan suhbatlashish va tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, fuqaro K.Madraximov bildirgi xatini yozib berishdan va tuzilgan dalolatnomaga imzo qo’yishdan bosh tortganligini ma’lum qilamiz. RTTYoM Qoraqalpog’iston filiali