Bugun turkiyalik tibbiyot sohasi mutaxassisi Mahmud Avji boshchiligidagi respublika sog’liqni saqlash mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tumanimizda tibbiy sug’urtaga o‘tishga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandilar.
Ishchi guruh vakillari tuman KTMP, lobaratoriya, rentgen, UZI, amaliyotchi xonalari, bepul dori vositalari bilan ta’minlanish holatini, tez tibbiy yordam, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitlari hamda tug‘ruq majmuasidagi sharoitlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, hududlarga chiqqan holda oilaviy poliklinikalarda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandilar.