Ellikqal’a tumani «Tuproqqal’a» MFYda yashovchi fuqaro Ataxanov Zafar tomonidan yollangan murojaat yuzasidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi quyidagilarni ma’lum qilib bildiradi.

Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 2016 yildan 19 ta QVPlar mavjud edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida  birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-2857-sonli qarori ijrosi yuzasidan Ellikqal’a tumani tibbiyot tizimida amalga oshirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini maqbullashtirishdan keyin tumanda faoliyat yuritgan 19 ta QVPlardan 7 ta qishloq vrachlik punktlari negizida  oilaviy poliklinikalari tashkil etilib, 6 tasi oilaviy shifokorlik punktlari sifatida hozirgi vaqtda faoliyat ko‘rsatmoqda.

60-sonli Aqchakul oilaviy poliklinikasining Tuproqqal’a MFY aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasasi Tuproqqal’a MFY hududida joylashgan.

Tuproqqal’a MFY da  jami  2099 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Xududda 3 – o‘rta  xavf guruhiga kiradigan 302 nafar, 4-yuqori xavf guruhiga kiradigan 50 nafar bemorlar mavjud.

Tuproqqal’a MFY aholisiga xozirgi kunda 60-sonli Aqchakul oilaviy poliklinikasining Tuproqqal’a MFY aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy maskanining 1 nafar oila shifokori va 3 nafar o‘rta tibbiyot xodimidan iborat. “Mahalla tibbiy brigada”si birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatib kelmoqda.

Hozirda 60-sonli Aqchakul oilaviy poliklinikasi hudud aholisiga xizmat ko‘rsatadi. Orasidagi masofasi 6 km. Tuproqqal’a MFYga yaqin bo‘lgan 2 km masofada joylashgan Sharq-Yulduzi OFY sida konteyner ham mavjud, hozirda “Mahalla tibbiy punkti” sifatida konteyner faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda Tuproqqal’a MFY aholisiga 1 ta tibbiy brigada birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatib kelmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-162-sonli qarori, 2-ilovasiga asosan Ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk ob’ektlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan sotishga quyilganligini ma’lum qilamiz.

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati