Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasida «qizil» va «sariq» toifaga kiritilgan 96 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Nukus tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasida aholining tibbiy muammolarini o‘rganish, kasallikning oldini olish, sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida Respublika davolash-profilaktika muassasalaridan yuqori toifali, tajribali shifokorlar tomonidan profilaktik tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

Unda tor soha mutaxassislari kardiolog, endokrinolog, okulist, nevropatolog, onkolog shifokorlar hamda tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasi tibbiyot xodimlari tomonidan fuqarolarga tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik natijasida kasalligi aniqlangan fuqarolarga ambulator davolanish tavsiya etildi, 5 nafar bemorga esa salomatligini tiklash uchun tuman tibbiyot birlashmasidagi bo‘limlarda statsionar davolanish tavsiya etildi.

QR Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati