Yangi yilni yurtdoshlarimiz o‘zgacha shukuh va kayfiyatda kutib olishdi.

Yangi mehmonlarni kutib olgan yosh oilalarda esa Yangi yil bayrami qo‘shaloq bayramga aylandi.

Bugun tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxonaga tashrif buyurgan tuman hokimi o‘rinbosari I.Jumaboyeva hamda shifokorlar yosh onalarning holidan xabar olib yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

Ma’lumot uchun aytadigan bo‘lsak, yangi yil oqshomida va yangi yilning ilk daqiqalarida tumanda 2 qiz va 1 o‘g‘il chaqaloqlar dunyoga keldi.