️
«Qo‘yboq» mahallasi asosan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan hudud bo‘lib, qishloqning ko‘pchilik qismi chorvachilik bilan shug‘ullanadi.
So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan olis qishloqlarga qaratilayotgan e’tibor, xalqimizni rozi qilish borasidagi qilinayotgan ishlar ko‘rgan ko‘zni quvontiradi.
Ayniqsa, hudud aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda qishloq vrachlik punktining ishga tushishi fuqarolar uchun juda yaxshi imkoniyat bo‘ldi.
Bugungi kunda shifo maskanida bemorlar kunduzgi bo‘limda davolanib, yangi zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlanmoqda.