Sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro tajribalar bilan tanishish, bu borada ilg‘or tajribalarni o‘rganish, tatbiq etish, xalqimiz farovonligi yo‘lida hamkorlik qilish doimo muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Albatta, bunday xalqaro hamkorliklar mamlakatimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish va sifatli tibbiy xizmat turining zamon talablariga mos bo‘lishiga turtki bermoqda.

Shunday xalqaro hamkorlikni davom ettirish maqsadida, Janubiy Koreyaning «Hub» kompaniyasi direktori Sungwon Sul, «Solar Dream Co., Ltd» kompaniyasi direktori Dong-Sun, Han boshchiligidagi delegatsiyani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri M.Qurbonov kutib oldi va davra suhbati o‘tkazdi.

Suhbat davomida mamlakatimizda tibbiyot sohasida zamon talablariga mos xalqaro loyiha doirasida yangi o‘zgarishlar kiritish bo‘yicha xorijiy mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi.