Avval xabar berganimizdek, bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida endokrinologiya xizmatining integratsiyalashgan yondashuvi» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiyani QR Sog‘liqni saqlash vaziri M.Qurbonov ochib berdi va ishtirokchilarga sohadagi amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida, Akademik E.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori A.Alimov, «Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini amaliyotga joriy etish» mavzusida taqdimot qildi.
Shuningdek, konferensiya doirasida, birlamchi tibbiy yordamda endokrinologiya xizmatining rolini kuchaytirish, uning samaradorligini oshirish va bemorlar uchun yanada sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘llari muhokama qilinmoqda.
Konferensiya ishtirokchilari soha mutaxassislari va tibbiyot olimlaridan iborat bo‘lib, so‘nggi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion yechimlar haqida fikrlar bildirildi.