Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xalqaro hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida, joriy yilning o‘zida bir qancha davlatlar bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri M.Qurbonov Quvayt davlatining yetakchi tibbiyot klinikalari vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tashrif buyurgan mehmonlar Quvayt davlatining yetakchi tibbiyot klinikalari vakillarining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kelishi rejalashtirilayotgani, ushbu tashrif chog‘ida bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha bemorlarga yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatilishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, ushbu muhokama davomida chet eldan kelgan mutaxassislarga barcha sharoitlar yaratilishi bo‘yicha kelishib olindi.

Yaqin kunlarda yurtimizda bu borada ishlar olib borilishi kutilmoqda…

QR Sog‘liqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati