Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor natijasida fuqarolar yurtimizning tarixiy, madaniy va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan birlamchi bo‘g‘inda ishlovchi IT operator hamshiralarga Xiva shahriga sayohat tashkil etildi.

– Bundan ko‘zlangan maqsad tibbiyot turizmini rivojlantirish bilan birga, tibbiyot xodimlarining dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazishdan iborat, – deydi vazir o‘rinbosari Timur Sarbаev.

Sayohat davomida Xivaning tarixiy obidalari va milliy liboslari, milliy qadriyatlari va urf-odatlari bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Sayyohlar Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari, ko‘p yillik tarixini o‘zida aks ettiruvchi me’moriy obyektlari va qadimiy obidalarini yaqindan ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.