Qorao‘zak tumani «Qorao‘zak» shaharcha fuqarolar yig’inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvar kungi «O‘zbekiston-2030» strategiyasini «Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g’risidagi PP-16 sonli farmonining mazmun-mohiyatini targ’ib qilish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbir davomida «Aholining jismoniy faolligini oshirish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish» mahalla ettiligi bilan hamkorlikda aniq reja-grafik asosida mahalla aholisi o‘rtasida to‘g’ri ovqatlanish, jismoniy faollik, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan ma’lumotlar berildi.