Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash mashg‘ulotlarini amalga oshiradigan sport zali va yashil qoplamaga ega sport maydoni mavjud.
Mana shu sport zalida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi xodimlari ham o‘z salomatligini o‘ylagan holda jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanib turadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025 yil 13 fevral kuni bo‘lib o‘tgan «Olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish va aholining jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari» yuzasidan videoselektor yig‘ilishida «Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanch ustunidir. Shu bilan birga sport – bu avvalo tinchlik elchisi, har bir davlat uchun milliy g‘urur manbai,» deb aytib o‘tgan edi.
Shunday ekan, sport bilan muntazam shug‘ullanish orqali salomatligimizni mustahkamlashga ham erishishimiz mumkin. Shu o‘rinda barchani o‘z salomatligingizga befarq bo‘lmagan holda sport bilan muntazam shug‘ullanishga chorlaymiz!