Hududiy filiallar amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish, joylardagi mutaxassislarga zarur profilaktik tadbirlarni tashkil etishda uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Xurshid Fazilov boshchiligida bir qator tajribali shifokorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Malakali shifokorlar bugun yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish maqsadida Xoʻjayli tumani tibbiyot birlashmasida bo‘lib bemorlarni bepul tekshiruvdan o‘tkazdi va tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, birlamchi bo‘g‘indagi shifokorlarga yuqoridagi kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish (profilaktikasi) mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Ertaga, 11-aprel kuni ushbu guruh Chimboy tumani tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurishini ma’lum qilamiz.