O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PQ-158-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston-2030» strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini hamshiralar orasida keng targ‘ib qilish, xalq orasida hurmatga sazovor bo‘lgan va o‘z kasbiga fidoyi bo‘lgan hamshiralarni qo‘llab-quvvatlash, bunday tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish va ular o‘rtasida raqobatni ta’minlashni tashkil etish maqsadida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha «Oliy hamshira-2025» tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Nukus shahar va tuman tibbiyot birlashmalaridan 12 nafar ishtirokchi qatnashib, o‘z bilim va chaqqonliklarini sinovdan o‘tkazdi.

Tanlov yakunida:

1-o‘rin Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Maftuna Marksova,

2-o‘rin Chimboy tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi Mehribon O‘teboyeva

3-o‘rin Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamshirasi Yulduz Joldasbayevalar g‘olib deb topildi.

G‘oliblar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashining qo‘shma tegishli darajadagi diplomlari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tanlovning barcha ishtirokchilariga O‘zbekiston Hamshiralar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tanlov g‘olibi Maftuna Marksova «Oliy hamshira-2025» tanlovining O‘zbekiston Respublikasi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tanlov konsert dasturi bilan davom etdi.

 

QR Sog‘liqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati