Shu yilning 25-aprelidan – 25-mayigacha «Bar mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun» shiori ostida yurtimizda «Salomatlik oyligi» doirasida respublikamizning barcha hududlarida shu jumladan, uzoq va chekka qishloqlarida aholi uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etilishi belgilangan.

Bugun poytaxtimizning «Náwpir» mahalla fuqarolar yig‘inida «Salomatlik oyligi» doirasida tadbirlarga start berildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bosh mutaxassisi Roza Erimbetova, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i Zafar Xudaybergenov, ushbu bo‘lim mutaxassislari, Nukus shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 7-sonli oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari, «Náwpir» mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar «Sog‘lom turmush tarzi,» «To‘g‘ri ovqatlanish» bo‘yicha keng tushuncha berib o‘tdi. Tadbir davomida fuqarolarning qon bosimi, tana vazni o‘lchanib, tibbiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, hududdagi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan maydonda mashg‘ulot tadbirlari amalga oshirildi.

Bunday tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilishi belgilangan. Shunday ekan, barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!