Xabar berganimizdek, 6-10 may kunlari respublika Ishchi guruhi tomonidan fuqarolarning murojaatlari va aholini qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish bo‘yicha joylarda sayyor qabullar o‘tkazilishi belgilangan.
Rejaga asosan, bugun Qonliko‘l tumanida Mo‘ynoq, Shumanay, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot tumanlari fuqarolari uchun sayyor qabullar o‘tkazilib, unda sud-huquq, ijtimoiy-iqtisodiy va qurilish hamda kommunal sohalar bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.
Sayyor qabulda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligidan mas’ul xodim Umrbek Musayev va QR Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari tomonidan fuqarolarning tibbiyot sohasiga oid muammolari tinglandi.
Murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ayrimlariga tushuntirish berildi.
Ma’lumot uchun, rejaga asosan, 8-may kuni Chimboy tumanida Qorao‘zak, Chimboy, Taxtako‘pir va Kegeyli tumanlari fuqarolari uchun sayyor qabullar o‘tkaziladi.