2025-yil 20-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri M.Kurbanov, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi L.Baybosinova, O‘zbekiston Hamshiralar Assotsiatsiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i R.Mishenova va Respublika davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari ishtirokida

«Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi» tanlovining O‘zbekiston Respublikasi bosqichida «Yilning eng yaxshi sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi» nominatsiyasi bo‘yicha I o‘rinni egallagan Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi L.Yangibaeva «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining qimmatbaho sovg‘asi, plaketka va shishali suvenir,

Tanlovning «Yilning eng yaxshi muolaja va emlash hamshirasi» nominatsiyasida II o‘rinni egallagan U.Xalmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi markazi maslahat poliklinikasi hamshirasi G.Qallibekova,

tanlovning «Yilning eng yaxshi katta hamshirasi» nominatsiyasida III o‘rinni egallagan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filiali radioterapiya bo‘limi katta hamshirasi E.Jaksimuratova

hamda tarmoq muassasalarida hamshiralik kasbida ishlovchi xodimlarning 7-10 yoshgacha bo‘lgan farzandlari ishtirokida o‘tkazilgan «Mening onam hamshira» rasmlar tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘olibi Qo‘ng‘irot tuman tibbiyot birlashmasi favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamshirasi H.Orazbayevaning farzandi Sh.Esenbayevlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining qimmatbaho sovg‘asi, plaketka va shishali suvenir bilan taqdirlandi.