Sog‘liqni saqlash va strategik rivojlanish instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan doimiy ravishda aholi o‘rtasida sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi tadbir Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali bilan hamkorlikda «31-may – Butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni»ga bag‘ishlanib, ertalab faol yurish, gimnastrada ko‘rgazmali mashq, kun tartibiga rioya qilish, jismoniy faollikning ahamiyati, chekishning inson organizmiga zararli ta’siri haqida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.