Sog‘liqni saqlash va strategik rivojlanish institutining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-88-sonli Farmoni va PQ-185-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tajriba-sinov loyihasi doirasida tanlab olingan Chimboy tumanida «Mahalla yettiligi» va tibbiyot brigadalariga «Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» mavzusida seminarlar tashkil etildi.
Seminarda I va II xavf guruhiga mansub aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, tana vazni indeksini hisoblash, qandli diabet 2-turi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini aniqlash bo‘yicha telegram-botlari va mobil ilovalari, shuningdek, «Salomat bo‘laylik» platformasi, sun’iy intellekt yordamchisi bilan qanday ishlash kerakligi o‘rgatildi.
















