Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromiga qarshi kurashish markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish xizmatida OITSga qarshi kurashish markazi va uning tarkibidagi 6 ta tumanlararo laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda 50 nafar shifokor va 57 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari xizmat ko‘rsatmoqda. Shifokorlardan 38 nafari (76,0%) malaka toifalariga ega, shundan 20 nafari (52,6%) oliy toifali, 12 nafari (31,2%) I toifali va 6 nafari (15,8%) II toifali. O‘rta tibbiyot xodimlaridan 47 nafari (82,5%) malaka toifalariga ega, shu jumladan, 29 nafari (61,7%) oliy toifali, 11 nafari (23,4%) I toifali va 7 nafari (14,9%) II toifali.

Markaz tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va o‘qitish maqsadida o‘tgan 6 oyda Toshkent shahar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida 10 nafar shifokor, 26 nafar o‘rta tibbiyot xodimi, shundan 21 nafar o‘rta tibbiyot xodimi Toshkent shahar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida, 3 nafar o‘rta tibbiyot xodimi o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha malakasini oshirdi, 2 nafar o‘rta tibbiyot xodimi o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazining joriy yilning 23-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sohaga oid «Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti»da aholi orasida OIV infeksiyasi profilaktikasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish, aholini OIV infeksiyasiga tekshirishdan o‘tkazish, kasallikni erta aniqlash va ularga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash yo‘nalishida, markazimiz tomonidan «Targ‘ibot oyligi»da amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi va bu bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida OIV infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyatning barqarorligiga erishish, OIV/OITS profilaktikasi, OIV infeksiyasining shifoxona ichidagi infeksiya tarzida tarqalishining hamda onadan bolaga o‘tishining oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bugungi kunda jami 1102 nafar shaxs OIV infeksiyasi bilan yashamoqda (100 ming aholi soniga nisbatan intensiv ko‘rsatkich 54,1 ni tashkil etadi), shundan 10 (0,9%) nafarini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi.

OIV infeksiyasi bilan kasallanganlarning 648 (58,8%) nafari erkaklar, shundan 2 (0,3%) nafari 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va 454 (41,2%) nafari ayollar, shundan 8 (1,8%) nafari 18 yoshgacha bo‘lgan qiz bolalar.

Shu kungacha umumiy OITSdan 350 bemor vafot etdi, shu jumladan 227 (64,9%) erkaklar va 123 (35,1%) ayollarni tashkil etadi.

2025 yilning 6 oyi davomida 69 nafar shaxs OIV infeksiyasiga chalingan, 42 nafar (60,9%) erkak va 27 nafar (39,1%) ayolni tashkil etadi.

So‘nggi yillarda QRda kasallikning jinsiy yo‘l bilan yuqishi ortib bormoqda. Shu yilning 6 oyida Respublikamizda ro‘yxatga olingan 69 (2024-y. -65) holatdan 61 (88,4%) [2024y.-56 (86,2%) ] bemorga jinsiy aloqa va 2 (2,9%) [2024y. – 1 (1,5%) ] parenteral yo‘l orqali yuqqanligi aniqlandi, yana 1 (1,4%) tasining yuqish yo‘li aniq emasligi ma’lum bo‘ldi.

OIV infeksiyasi yuqishi xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni, ayniqsa migrantlarni OIV infeksiyasiga tekshiruvlar bilan qamrab olish va ular orasida profilaktik tadbirlar o‘tkazish ko‘lamini kengaytirish maqsadida, mehnat migrantlari orasida OIVga tekshiruvlar olib borilmoqda, 6 oy davomida 16975 migrantdan 106 kod bo‘yicha 9315 (54,9%) OIVga tekshirildi, ularning orasida 26 (0,3%) da OIV aniqlandi. Bundan tashqari, epidemiologik so‘rovlar natijasida boshqa kodlar bilan yana 23 nafar shaxs mehnat migratsiyasida bo‘lganligi aniqlandi, shu tariqa jami 49 nafar xorijga chiqib ketgan shaxslarda OIV aniqlandi.

Homilador ayollarda OIV infeksiyasini o‘z vaqtida aniqlash va OIVning onadan bolaga o‘tishining profilaktikasi bo‘yicha, 6 oy davomida 20914 homiladorlik hisobga olinib, ulardan 20914 nafari IFA usulida hamda shahar va tuman tug‘ruq bo‘limlarida 716 nafar homiladorlik ekspress-test usulida OIV infeksiyasiga tekshirildi. IFA usulida tekshiruvdan o‘tkazilgan homiladorlar orasida 3 kishida OIV infeksiyasi aniqlandi.

Aholi o‘rtasida OIV infeksiyasini erta aniqlab, o‘z vaqtida kasallikning oldini olish choralarini yo‘lga qo‘yish uchun OITS xizmatining moddiy-texnik bazasini yaxshilash muhim ahamiyatga ega. OIV infeksiyasi monitoringi bo‘yicha axborot tizimini yaratish borasida texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va zarur axborot-texnika vositalari bilan ta’minlash maqsadida kompyuter to‘plamlari bilan ta’minlanmoqda. Shu sababli QR OITSga qarshi kurashish markazi va tumanlararo laboratoriyalarida bugungi kunda 129 dona kompyuter to‘plamlari, 7 dona planshet, shu jumladan 5 dona noutbuk ishlash holatida va ularning barchasi internet tarmog‘iga ulangan.

OITSga qarshi kurashish markazining diagnostika laboratoriyasida polimeraza-zanjirli reaksiya (PZR) tahlili laboratoriya to‘plami, SD-4 limfotsitlarini aniqlaydigan sitoflyuorimetr asbobi, Immunoblot (IB) diagnostika asbobi, Gemolitik, biokimyoviy, urologik analizatorlari va 13 IFA (immunoferment tahlili), 1 IXLA (Immunoxemilyuminessent tahlil) to‘plamlari QR OITSga qarshi kurashish markazi laboratoriyasi, Xo‘jayli, Beruniy, Qo‘ng‘irot, Chimboy, Amudaryo, To‘rtko‘l tumanlararo OITS diagnostika laboratoriyalarida qo‘llanilmoqda. OIVga tekshiruvlar o‘tkazishni talab darajasida yo‘lga qo‘yish uchun OIV diagnostikasi laboratoriyalari so‘nggi III-IV avlod test to‘plamlari va tahlil reagentlari bilan uzluksiz ta’minlanmoqda.

Har oyning birinchi sanasi «OITSga qarshi kurashish kuni» sifatida belgilanib borilmoqda, joriy yilning 6 oyi davomida aholi gavjum joylarda, shu jumladan yirik savdo majmualarida, dehqon bozorlarida, O‘zR temir yo‘llari Nukus stansiyasida, avtovokzallarda, sartaroshxona, go‘zallik salonlarida, xususiy shifoxonalarda, MFYlarda, jamoat masjidlarida, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida hamda To‘rtko‘l, Amudaryo, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot, Beruniy, Chimboy tumanlararo laboratoriyalari xodimlari tomonidan ushbu tumanlarda OITS infeksiyasining profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi shifokorlaridan OIV bo‘yicha zarur bo‘lgan ya’ni kasallikning klinik belgilari, davolash usullari va oldini olish choralari haqida maslahatlar olish maqsadida kunu tun ishlaydigan ishonch telefoni ishlab turibdi va shifokorlar tomonidan maslahatlar berib borilmoqda, telefon raqami 97-354-00-14.

Matbuot anjumani ishtirokchilari filialda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, qiziqtirgan savollariga javob oldi.