Fuqarolar murojaatlarini eshitish orqali sohalardagi muammolarni o‘rganish, aholi xohish-istaklariga yechim topish maqsadida joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar davom etmoqda.
Bugun Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Ixlas Polvonov tomonidan tuman aholisi uchun shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Maqsad – aholini o‘ylantirib kelayotgan va yechimini topmayotgan tibbiyotga oid masalalarni o‘rganish va ularga qonun doirasida tegishli yechim topishdan iborat.
Qabulda jami 50 dan ortiq fuqaroning murojaati tinglanib, shundan 7 fuqaroning murojaati bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 12 fuqaroning murojaati o‘z o‘rnida yechimini topdi, 9 murojaat bo‘yicha vaqt talab etiladigan bo‘lganligi sababli o‘rganishga qoldirildi, shuningdek, ish, dori-darmon, nogironligi bo‘yicha guruhga chiqarishni so‘ragan jami 24 fuqaroga tegishli maslahatlar berildi.
Bundan tashqari, qabul davomida tibbiyot xodimlari ham sohaga oid murojaatlarini aytib, fikr-mulohazalarini bildirdi.