Nukus shahrida boshlangan Salomatlik marafoni doirasida poytaxtdan kelgan bir guruh yetakchi mutaxassislar tomonidan hududdagi oilaviy poliklinikalar tibbiyot brigadalari a’zolari malakasi oshirilmoqda.

📌 Vorkshop formatidagi darslarda kardiologiya, endokrinologiya, onkologiya, pediatriya, ginekologiya kabi bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha skrininglar o‘tkazish, raqamli texnologiyalardan foydalanishda e’tibor qaratiladigan jihatlar bo‘yicha mahorat darslari tashkil etilmoqda.