Sog‘liqni saqlash vazirligi «Sog‘lom turmush sari!» Salomatlik marafoniga start berildi.
Kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ushbu aksiya Nukus shahrida 2-oktyabr kuni boshlanib 31-oktyabrga qadar davom etadi.
✅Marafon doirasida Nukus shahrining aholi ko‘p to‘planadigan joylarida «Salomatlik maydonchalari» tashkil etilib, bu manzillarda sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib qilishga oid har xil aksiyalar tashkil etilgan.
Shuningdek, bu joylarda fuqarolarning qon bosimi, tana vazni, bo‘yi o‘lchanib tibbiy tushuntirishlar berilmoqda.
O‘z sog‘lig‘ingizga e’tiborsiz bo‘lmang!
Sog‘lom turmush sari dadil qadam tashlang! Marafonda qatnashing!
QR Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati






















