Xabaringiz bor, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish maqsadida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, mini-futbol turlari bo‘yicha spartakiada tashkil etilib, g‘oliblar aniqlangan edi.
Mana shu spartakiada sport musobaqasining keyingi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi miqyosida «Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi – 2025» sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina xabar keldi. Sportning shaxmat turi bo‘yicha Ellikqal’a tuman tibbiyot birlashmasi xodimi Hamdam Durdiyev qatnashib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Qolgan sportchilarimizga ham omad tilab, yaxshi yangiliklar kutib qolamiz.


















