Kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga qaratilgan bu aksiya orqali hududda yashovchi fuqarolar 28-noyabrgacha skrining hamda profilaktik tekshiruvlar bilan qamrab olinadi.

Tibbiy ko‘riklar Xo‘jayli tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasida bo‘lib o‘tmoqda.

Bu jarayonga mahalliy shifokorlar va hamshiralar bilan birga, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlaridan yetakchi mutaxassislar jalb etilgan.

 

Shuningdek, jamoat joylarida tashkil etilgan «Salomatlik maydonchalari»da sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga oid tadbirlar, antropometriya, qon bosimi va puls o‘lchash kabi tekshiruvlar amalga oshirilmoqda.