Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filiali mehnat jamoasida «Tibbiyot xodimlari kuni» va «11 noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» bayramlari munosabati bilan bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri M.Qurbanov, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi L.Baybosinova, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filiali direktori I.Nurimbetov, tibbiyot xodimlari va soha faxriylari ishtirok etdi.

Tantanali kechada «Tibbiyot xodimlari kuni» bayrami munosabati bilan xalqimiz salomatligini saqlash va mustahkamlash yo‘lida, kelajak avlodni sog‘lom qilib o‘sishida, tibbiy xizmatni tashkil etishdagi fidoyi va munosib xizmatlari uchun bir qator tibbiyot xodimlari va soha faxriylari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirilib, sovg‘alar topshirildi.