8 dekabr – «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun» va 9 dekabr – «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filialida tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining yurust consultanti Jiyenbay Allaniyazov va markazning tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda korrupsion holatlarning oldini olish, jamoatchilik orasida korrupsiyaning salbiy oqibatlari va qonunda belgilangan jazo normalari haqida batafsil ma’lumotlar berib, barchani bunday illatlardan uzoq yurishga chaqirdi.
Shuningdek, har bir tibbiyot xodimi o‘z faoliyati davomida kasbiy etikaga, halollik va ochiqlik tamoyillariga qat’iy amal qilishi haqida ham so‘z yuritildi.




















