Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talaba-yoshlari o‘rtasida Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘limi tomonidan BMTning YUNFPA jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun» kampaniyasi doirasida «Erkaklar va o‘g‘il bolalarni gender tenglikni ilgari surish va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarining oldini olishga jalb qilish» mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurash markazi shifokori Po‘lat Hojiev va Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘limi eksperti Nuratdin Abipovlar ishtirokchilar bilan oila psixologiyasi, gender tengligi, reproduktiv salomatlik, OIV profilaktikasi va jamiyatda zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha fikrlari bilan bo‘lishdi.