O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrda qabul qilingan «Aholi salomatligini hamda millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatchilikdan samarali muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-207-sonli qarori ijrosi doirasida profilaktik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda Nukus shahridagi 19-maktabda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston filialining tegishli soha mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarga ma’rifiy-profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlar orasida tamaki chekish va uning inson salomatligiga salbiy ta’siri, shuningdek, zararli odatlarning oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularni sog‘lom turmush tarziga amal qilishga undovchi tushuntirish ishlari olib borildi.

Ushbu tadbirda RAIBDO vakillari ham ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va zararli odatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tavsiyalar berdi.

Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlod salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.