Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Amanbay Orinbayevning Ellikqal’a tumanining eng chekka hududi hisoblangan Chuqirqoq mahalla fuqarolar yig‘iniga 2025-yil 3-dekabr kuni amalga oshirgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Tuman tibbiyot birlashmasining tibbiyot xodimlaridan iborat guruh Chuqurqoq mahallasining oilaviy poliklinikasida aholi o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar shular jumlasidandir.
Tadbir davomida aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash, xavf omillari haqida tushunchalar berish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan tibbiy ko‘riklar va tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
20 nafardan ortiq fuqaro shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, ularga aniqlangan kasalliklar bo‘yicha zarur dori-darmon va gigiyena vositalari topshirildi.




















