Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filialida 2025 yil amalga oshirilgan va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar haqida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi OAV vakillari, tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali bosh shifokori Marat Eshonov markaz tomonidan 2025 yil amalga oshirilgan va kelgusidagi rejalari haqida ma’lumot berdi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, davolash-profilaktika muassasalarining moddiy bazasini mustahkamlash va sog‘liqni saqlashni rivojlantirish davlat dasturini bajarish davom ettirilmoqda.
Bugungi kunda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filialida bo‘limlar soni 7 taga, o‘rinlar soni 75 taga yetdi.
Filialda yangi laboratoriya tekshiruvi va fizioterapiya kosmetologiya ishlari ko‘lami kengaytirildi.
Filialning rivojlanishi uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi va barcha bo‘limlarning zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi, yuqori malakali ilmiy kadrlar va dermatovenerolog-shifokorlarni tayyorlash bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
Filial mutaxassislari xalqaro ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda. So‘nggi 10 yillikda filialning dermatovenerolog mutaxassislari Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning yetakchi mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.
Teletibbiyotning rivojlanishida tibbiyotning yangi qo‘lga kiritgan yutuqlaridan biri hisoblanadi.
Konferensiya ishtirokchilari filialda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
QR Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

























