Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bosh mutaxassisi R.I.Nurimbetov, Beruniy tuman tibbiyot birlashmasining mas’ul xodimlari ishtirokida Beruniy tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, ularga Davlatimiz rahbarining 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan 6 ta asosiy vazifani amalga oshirishda 2026-yilni korrupsiyaga qarshi favqulodda holat yili deb e’lon qilinganiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga oid 2025 yil 30 dekabrdagi 270-sonli farmoni, shuningdek, PQ-147 va PQ-336-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirilib, Prezidentimizning korrupsiyaga qarshi olib borayotgan davlat siyosatiga har bir xodim halol va pok mehnati bilan o‘z hissasini qo‘shishi kerakligi aytib o‘tildi.

Muloqot davomida tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan PQ-336-sonli qarori bilan berilgan yangi imtiyozlar, xususan, soha vakillarining moddiy manfaatdorligini oshirish va ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratish choralari keng yoritildi. Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro ISO 37001:2025 sertifikatini qo‘lga kiritgani tizimda adolat mezonlari o‘rnatilayotganining yaqqol dalili sifatida e’tirof etildi.