Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining moliya-iqtisodiyot va investitsiya bo‘yicha o‘rinbosari Alimbetov Bayrambek Nagmetovichning xalqqa va soha xodimlariga MUROJAATI:
Assalomu alaykum, hurmatli Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi va hamkasblar!
Men, Alimbetov Bayrambek Nagmetovich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining moliya-iqtisodiyot va investitsiya bo‘yicha o‘rinbosari sifatida, Yangi O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, korrupsiyaga qarshi qat’iy kurash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini hisobga olib, o‘z pozitsiyamni ochiq bildiraman.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish, davlat organlarida halollik muhitini shakllantirish va aholi ishonchini mustahkamlash eng ustuvor vazifalar sifatida belgilab berilgan. Bu vazifalarni bajarishda men rahbar sifatida shaxsiy mas’uliyatimni to‘liq his qilaman va jamoam bilan birga namuna bo‘lib ishlash majburiyatini o‘z zimmamga olaman.
Korrupsiya – jamiyat rivojiga jiddiy to‘siq bo‘lib, adolat tamoyillari, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga zid holat hisoblanadi. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilishi aholi salomatligiga, inson hayotiga va tibbiyot sohasiga bo‘lgan ishonchga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, tibbiyot muassasalarida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qat’iy yo‘l qo‘yilmaydi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda, jumladan, sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyani bartaraf etish, ochiqlikni ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2025 yil 21 apreldagi 147-sonli Prezident qarori bilan tasdiqlangan «Korrupsiyadan xoli 5 soha» dasturi doirasida sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiyadan xoli soha sifatida shakllantirish vazifasi qo‘yildi.
Biz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoasi, ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi amaliy ishlarni izchil olib bormoqdamiz:
- Raqamlashtirish ishlari.
✅ Barcha ambulator va statsionar murojaatlar DMED tizimi orqali yuritilmoqda;
✅ Maslahat poliklinikasida elektron navbat tizimi joriy etilgan;
✅ Yuqori texnologik diagnostika va davolash uchun elektron order tizimi amalda;
✅ Elektron retsept tizimi joriy etishning yakuniy bosqichida
- Tibbiy sug‘urta tizimi asosida xizmatlarni tashkil etish.
- Barcha tibbiyot sohasi muassasalari tomonidan «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunga qat’iy amal qilgan holda xaridlarni amalga oshirish.
- Barcha davolash-profilaktika muassasalari tomonidan hisobga olish ishlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq yuritilishini ta’minlash.
- Bunday holatlarga zid keladigan ishlar bo‘yicha darhol qo‘ng‘iroq qilish uchun ishonch telefonlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
- Vazirlikning barcha bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot materiallari joylashtirilgan.
- Bemorlar va ularning yaqinlari fikrini o‘rganish uchun anonim so‘rovlar muntazam o‘tkazilmoqda.
- Statsionar bemorlar 75 foizgacha dori-darmon bilan bepul ta’minlanmoqda.
- Har bir bo‘limda bepul mavjud dori-darmonlar ro‘yxati muntazam ravishda yangilab borilmoqda.
Men rahbar sifatida quyidagilarni qat’iy ma’lum qilaman:
✅ korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga butunlay qarshi bo‘lishimni;
✅ xizmat darajasidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishga yo‘l qo‘ymasligimni;
✅ muassasada ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillarini qat’iy ta’minlashimni;
✅ barcha xodimlardan qonunlarga qat’iy amal qilishni talab etaman.
Har bir xodim shuni anglab yetishi kerakki, korrupsiyaga qarshi kurashish – nafaqat rahbarning, balki barchamizning vijdoniy va fuqarolik burchimizdir. Halollik va mas’uliyat bizning kundalik faoliyatimizning asosiy mezoni bo‘lishi shart.
Hurmatli fuqarolar!
Agar Qoraqalpog‘iston Respublikasi tibbiyot sohasida korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang va quyidagi ishonch telefonlariga murojaat qiling:
️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ishonch raqami: (61) 226-00-48
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining moliya-iqtisodiyot va investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarining telefon raqami: (61) 226-09-00,
Biz korrupsiyaga qarshi kurashda birgalikda yaxshi natijaga erishamiz!
Korrupsiyasiz tizim – sifatli tibbiy xizmat va aholi ishonchi garovi!!!
Bayrambek Alimbetov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining moliya-iqtisodiyot va investitsiya bo‘yicha o‘rinbosari
















