Bemorlarga sifatli shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorlarni qizil, sariq, yashil zonalarga bo‘lib tashxis qo‘yish bugungi tibbiyotda zarur imkoniyatlardan biri.
Ilgari bo‘lmagan bunday imkoniyat endi Qonliko‘l tumani tibbiyot birlashmasida ham yaratilib tashabbusli byudjet hisobidan tuman hokimligi tashabbusi bilan smeta bahosi 1 mlrd 500 mln so‘m mablag‘ hisobidan EMERGENCY DEPARTEMENT shoshilinch tez yordam bo‘limining zamonaviy binosi qurib foydalanishga topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi B.Sultаnov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, N.Rashidova, QR Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari G.Abdisametova va Oliy Kengash deputatlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.An’anaviy tasma qirqilib, quruvchilarga minnatdorlik bildirildi hamda yangi zamonaviy binoning bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun afzalliklariga to‘xtaldi.
Dastlabki tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limi o‘rnida bemorlarning kasallik og‘irlik darajasiga qarab taqsimlovchi tun-u kun ishlaydigan ushbu EMERGENCY DEPARTAMENT bo‘limi, bemorlarga o‘z vaqtida sifatli shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilanishiga olib keladi.
Ilgari maxsus xonalar bo‘lmagan hamda kasallik darajasiga qarab qizil, sariq, yashil zonalarga bo‘lib tashxis qo‘yish imkoniyati bo‘lmagan maskan endilikda zamonaviy tibbiy uskunalar va malakali kadrlar bilan ta’minlangan.
Mehmonlar yangi bino ichida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, qilingan ishlarga yuqori baho berdi.
Bu qilingan ishlar tuman aholisiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatining yanada yaxshilanishiga asos bo‘ladi.


























