Bugun, Nukus shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Rayxon Najimova tomonidan «Mahalla kesimida» o‘tkaziladigan sayyor qabullar jadvaliga muvofiq 9-sonli oilaviy poliklinika hududida aholining murojaatlari o‘rganildi.
Bunday sayyor qabullarning asosiy maqsadi aholining sohaga oid muammo va masalalarini o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish, muammolarni bartaraf etish choralarini belgilash va eng muhimi, aholining tibbiy xizmatlardan qoniqish darajasini oshirishdan iborat.
Qabul davomida R.Najimova 9-sonli oilaviy poliklinikaga qarashli «Amudaryo» MFY aholisi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi. Jami 13 ta murojaat kelib tushdi. Xususan:
3 ta murojaat shahar tibbiyot muassasalaida davolanish masalasi bo‘yicha;
2 ta murojaat ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonada davolanish bo‘yicha;
3 ta murojaat jarrohlik amaliyoti uchun imtiyozli yo‘llanma olish masalasida;
2 ta murojaat nogironlik belgilash jarayonidagi muammolar bo‘yicha;
1 ta murojaat poliklinikaga ishga joylashish bo‘yicha;
2 ta murojaat boshqa masalalar bo‘yicha bo‘ldi.
Murojaatlarning davolanishga oid qismi joyida hal etildi. Qolgan, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda yechimini talab etuvchi masalalar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ularni hal etish bo‘yicha fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi.




















