Mustaqilligimizning 35 yillik bayramini munosib kutib olish, mahallalar va ko‘chalarni obodonlashtirish, oilalar ozodaligini ta’minlash hamda hududlarda tozalik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi barcha tibbiyot muassasalarida «Dolzarb 40 kunlik» doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va hashar ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Mazkur ezgu tashabbus doirasida Nukus shahar tibbiyot birlashmasi hamda oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari ham faol ishtirok etib, muassasa hududlari, yashil maydonlar, gulzorlar va kirish yo‘laklarini tartibga keltirish, sanitariya-tozalik ishlarini amalga oshirish orqali obodonlashtirish ishlariga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.
Obod va ozoda muhitni yaratish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan bunday xayrli tadbirlar kelgusida ham davom etadi.




















