«Salomatlik marafoni» doirasida tuman hokimi B.Sultonov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri M.Kurbanov tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasida bo‘lib, tadbir uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Kasalliklarni erta aniqlash, profilaktik tadbirlarni tashkil etish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Fuqarolarni tibbiy ko‘rik va diagnostika, mutaxassislar faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.
Tibbiy ko‘riklarni sifatli tashkil etish, aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, aniqlangan kasalliklarni o‘z vaqtida nazorat qilish va fuqarolarga zarur tibbiy maslahatlar berish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
Bunday tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.





















