O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2024 yil 22 yanvardagi PQ-38-son qaroriga muvofiq, sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, yetakchi xorijiy ekspertlar ishtirokida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish maqsadida Turkiyaning «SAGLIK GROUP» MCHJ konsalting kompaniyasi vakillari Talat Gucik boshchiligidagi ishchi guruh Ellikqal’a tumanida bo‘lib, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ishchi guruh a’zolari tuman tibbiyot birlashmalarida bo‘lib, birlamchi tizimdagi muammolar, davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etishga tayyorgarlik holatini o‘rgandi. Xususan, tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligi, kafolatlangan hajmga kiritilgan tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish mexanizmlari monitoring qilindi.

QR Sog’liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati,

Mavluda Nuraddinova, QDU talabasi, amaliyotchi