Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan «Dosliq uyi»da «Grant yozish hamda yutib olish» mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda «Grant park»ning grant bilan ishlashish sektori mutaxassisi Gulayim Nurnazarova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining investiciyalarni jalb qilish hamda davlat xususiy sheriklik va autsorsingni rivojlantirish sho‘basi bosh mutaxassisi Zamira Paluaniyazova va vazirlikning tasarrufidagi barcha davolash profilaktik muassasalari, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari xodimlari ishtirok etti.
Tegishli mutaxassislar tomonidan seminar ishtirokchilariga xalqaro va mahalliy grantlarda ishtirok etish va g‘alaba qozonish usullari urgatildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlari qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldi.
QR Sog’liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati